Rasman. Özbekiston terma jamoasi 2026-yilda Kanada bilan örtoqlik uçraşuvi ötkazadi
23-12-2025, 20:24
131 марта

Rasman. Özbekiston terma jamoasi 2026-yilda Kanada bilan örtoqlik uçraşuvi ötkazadi
Özbekiston terma jamoasi 2026-yilgi Jahon çempionatiga tayyorgarlik doirasida mezbon Kanadaga qarşi örtoqlik uçraşuvi ötkazadi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati malum qildi.Unga köra, uçraşuv 2026-yilning 1 iyun sanasida Kanadaning Edmonton şahrida bölib ötadi.

Malumot uçun, Kanada Jahon çempionatining “B” guruhidan joy olgan bölib, Qatar, Şvetsariya hamda pley-off ğolibi (Italiya, Bosniya va Gertsegovina, Irlandiya hamda Uels) ularga raqiblik qiladi. Özbekiston esa “K” guruhida Portugaliya, Kolumbiya hamda qitalararo pley-off ğolibi (Kongo – Yamayka/Yangi Kaledoniya) bilan öynaydi