Özbekistonning raqibi Portugaliya ham mundial qaydnomasini elon qildi
19-05-2026, 18:17
286 марта
Özbekistonning raqibi Portugaliya ham mundial qaydnomasini elon qildi
Özbekiston milliy terma jamoasining Jahon çempionatidagi raqibi Portugaliya terma jamoasi mundial uçun qaydnomasini elon qildi. Bu haqda mamlakat Futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.Portugaliya terma jamoasining Jahon çempionati uçun qaydnomasi quyidagiça:

“Al-Nasr”ning 41 yoşli hujumçisi Portugaliya terma jamoasining yakuniy qaydnomasidan örin oldi. Bu Kriştianu Ronaldu uçun faoliyatidagi oltinçi Jahon çempionati böladi. Portugaliyalik futbolçi ilk bor yirik xalqaro musobaqada 2006 yil iştirok etgan edi.
Malumot uçun, Portugaliya Jahon çempionatini joriy yilning 17 iyun kuni Kongoga qarşi uçraşuv bilan boşlaydi. Roberto Martines şogirdlari Özbekiston terma jamoasi bilan uçraşuvi guruh bosqiçining 2-turida bölib ötadi. Uşbu bahs joriy yilning 23 iyun kuniga rejalaştirilgan.