USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev Ştaynmayer bilan muzokara ötkazdi

60 марта
Шавкат Мирзиёев Штайнмайер билан музокара ўтказди

Bugun, 17 iyun kuni Köksaroy qarorgohida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Ştaynmayerning tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar iştirokidagi muzokaralari bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, uçraşuvda Özbekiston – Germaniya hamkorligini yanada rivojlantiriş, siyosiy muloqotni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy aloqalar va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirişning asosiy masalalari körib çiqilgan.

Özbekiston Prezidenti Germaniya Prezidentining öz mamlakati va Yevropa Ittifoqining Özbekiston hamda Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarini izçil rivojlantirişga hamda özaro manfaatli mintaqalararo hamkorlikni ilgari surişga qöşgan şaxsiy hissasini alohida etirof etgan.

Ikki tomonlama muloqot jadal tus olib, mamlakatlar örtasidagi aloqalar yuksak darajaga kötarilgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Savdo-investitsiya sohasidagi hamkorlikda barqaror ijobiy surat kuzatilmoqda. Ötgan yil yakunlariga köra, özaro tovar ayirboşlaş hajmi 1,4 milliard dollardan ortib, joriy yilning ötgan davrida yana 5 foizga köpaygan. Germaniyaning Özbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari hajmi 2025 yilda 2 milliard dollarga yetgan.

May oyida Toşkentda bölib ötgan Germaniya iqtisodiyoti kunlari hamda Germaniya – Özbekiston işbilarmonlar kengaşi 10-yiğilişining ahamiyatiga alohida töxtalib ötilgan. Tadbirlar yakunida 1 milliard dollarlik yangi investitsiya va savdo kelişuvlari töplami imzolangan.

Madaniy-gumanitar aloqalar izçil mustahkamlanmoqda. Bugungi kunda Özbekistonda 400 mingdan ziyod yoşlar nemis tilini örganmoqda, 2 mingdan ortiq talabalar Germaniyaning yetakçi universitetlarida tahsil olmoqda. Ötgan yili ilk bor ikki mamlakat universitetlarining forumi bölib ötgan.

Ötgan hafta nemis universitetlari konsortsiumi bilan Samarqandda Özbekiston – Germaniya amaliy fanlar universitetini taşkil etiş töğrisidagi bitim imzolangani talim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişda muhim qadam bölgan.

Davlat rahbarlari sanoat, energetika va “yaşil iqtisodiyot”, transport va logistika, toğ-kon, töqimaçilik, farmatsevtika, qişloq xöjaligi, talim va soğliqni saqlaş yönalişlarida hamkorlikni yanada kengaytirişdan ikki tomon ham manfaatdor ekanini qayd etgan.

Yetakçilar avtomobilsozlik, maişiy kimyo mahsulotlarini işlab çiqariş, logistika va malakali kadrlar tayyorlaş sohalarida yangi qöşma loyiha va dasturlar işga tuşirilayotganini olqişlagan. Toşkentda ikkinçi Universitetlar forumi hamda uçinçi Özbekiston – Germaniya tibbiyot forumining ötkazilişi qöllab-quvvatlangan.

Tomonlar mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almaşib, köp tomonlama maydonlarda, şu jumladan, “Markaziy Osiyo – Germaniya” formati doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilgan.

Germaniya Federal Prezidentining uşbu taşrifi ikki tomonlama munosabatlar rivojida yangi bosqiçni boşlab berişi hamda ikki tomonlama munosabatlarning barça jabhalarida özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirişga xizmat qilişiga işonç bildirilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: