Şavkat Mirziyoyev Bayram Begay bilan muzokaralar ötkazdi
Bugun, 16 iyun kuni Köksaroy qarorgohida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay rasmiy delegatsiyalar iştirokida muzokara bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki davlat örtasida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlaş istiqbollari körib çiqilgan.
Uçraşuv avvalida davlat rahbari Özbekiston va Albaniya munosabatlari tarixida ilk bor ötkazilayotgan uşbu sammit alohida ahamiyatga ega ekanini, uning ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişini qayd etgan.
Siyosiy muloqot va turli darajadagi aloqalar faollaşgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. BMT va boşqa xalqaro tuzilmalar doirasida tomonlar bir-birini qöllab-quvvatlab kelmoqda.
Tovar ayirboşlaşni kengaytirişga, agrosanoat majmui, “yaşil” energetika, geologiya, axborot texnologiyalari va raqamlaştiriş, turizm hamda boşqa muhim sohalarda keng kölamli kooperatsiya dasturini tayyorlaşga alohida etibor qaratilgan.
Özbekiston mahsulotlarini Janubiy Yevropa va Örtayer dengizi bozorlariga çiqarişda logistika xabi sifatida Albaniyaning Durres portidan foydalaniş imkoniyatlari örganiladi.
Iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytiriş muhimligi alohida takidlangan.
Hamkorlikning iqtisodiy kun tartibini ilgari suriş maqsadida Hukumatlararo komissiyani taşkil etiş va uning birinçi yiğilişini joriy yilda Toşkent şahrida ötkazişga kelişib olingan.
Madaniy-gumanitar sohada tomonlar özaro madaniyat kunlari, kino namoyişlari, körgazma va ijodiy safarlarni taşkil etiş muhimligini takidlagan.
Yetakçilar mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşgan.
Eslatib ötamiz, 16 iyun kuni Köksaroy qarorgohida mamlakatga rasmiy taşrif bilan kelgan Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begayni rasmiy kutib oliş marosimi bölgandi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib olib, şohsupaga taklif qilgan.