Albaniya Prezidenti rafiqasi bilan Özbekistonga keladi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay rafiqasi hamrohligida joriy yilning 16-17 iyun kunlari rasmiy taşrif bilan Özbekistonda böladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, taşrif dasturiga muvofiq, Toşkent şahrida bölib ötadigan oliy darajadagi muzokaralarda Özbekiston va Albaniya örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilinadi.
Savdo, sanoat kooperatsiyasi, qişloq xöjaligi, “yaşil” energetika va turizm kabi ustuvor yönalişlarda hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari etibor markazida böladi. Madaniy-gumanitar almaşinuvni faollaştiriş ham körib çiqiladi.
Xalqaro kun tartibidagi masalalar, jumladan, köp tomonlama platformalar doirasida özaro qöllab-quvvatlaş yuzasidan ham fikr almaşiş rejalaştirilgan.
Taşrif dasturi doirasida Albaniya Prezidenti V Toşkent xalqaro investitsiya forumida ham iştirok etadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Germaniya Prezidenti Frank-Valter Ştaynmayer ham Özbekistonga kelişi haqida xabar berilgan edi.