USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Imomali Rahmon Özbekistonga keladi

59 марта

Imomali Rahmon Özbekistonga keladi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon joriy yilning 26-27-mart kunlari davlat taşrif bilan Özbekistonga keladi. Bu haqda Özbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, taşrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar hamda Özbekiston va Tojikiston yetakçilari raisligida Oliy davlatlararo kengaşning birinçi yiğilişi bölib ötadi.

Bölajak tadbirlar kun tartibidan Özbekiston–Tojikiston döstlik va yaxşi qöşniçilik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalari örin olgan.

Şuningdek, siyosiy muloqotni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy va hududlararo hamkorlikni kengaytiriş, sanoat kooperatsiyasi hamda transport sohasida özaro boğliqlikni rivojlantiriş, suv va energetika xavfsizligini taminlaş hamda keng kölamli madaniy va gumanitar almaşinuvlarni davom ettirişga alohida etibor qaratiladi.

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar hamda köp tomonlama formatlar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almaşişi kutilmoqda.

Qolaversa, bir qator yangi qöşma loyihalarni işga tuşiriş közda tutilgan, köp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirişga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlarning imzolanişi rejalaştirilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: