Emomali Rahmon Özbekistonga davlat taşrifi bilan keladi
25-03-2026, 15:51
85 марта

Emomali Rahmon Özbekistonga davlat taşrifi bilan keladi
Prezident matbuot xizmatining xabar qilişiça, taşrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar hamda Özbekiston va Tojikiston yetakçilari raisligida Oliy davlatlararo kengaşning birinçi yiğilişi bölib ötadi. Bölajak tadbirlar kun tartibidan Özbekiston—Tojikiston döstlik va yaxşi qöşniçilik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalari örin olgan.
Siyosiy muloqotni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy va hududlararo hamkorlikni kengaytiriş, sanoat kooperatsiyasi hamda transport sohasida özaro boğliqlikni rivojlantiriş, suv va energetika xavfsizligini taminlaş hamda keng kölamli madaniy va gumanitar almaşinuvlarni davom ettirişga alohida etibor qaratiladi.
Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar hamda köp tomonlama formatlar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almaşadi.
Şuningdek, bir qator yangi qöşma loyihalarni işga tuşiriş közda tutilgan, köp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirişga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli töplami imzolanişi rejalaştirilgan.