Albaniya Prezidenti Özbekistonga keldi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay rafiqasi hamrohligida rasmiy taşrif bilan Özbekistonga keldi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Oliy martabali mehmonni Toşkent xalqaro aeroportida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov va boşqa rasmiylar kutib oldi.
Taşrif dasturiga muvofiq, Toşkent şahrida bölib ötadigan oliy darajadagi muzokaralarda Özbekiston va Albaniya örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilinadi.
Savdo, sanoat kooperatsiyasi, qişloq xöjaligi, “yaşil” energetika va turizm kabi ustuvor yönalişlarda hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari etibor markazida böladi. Madaniy-gumanitar almaşinuvni faollaştiriş ham körib çiqiladi.
Xalqaro kun tartibidagi masalalar, jumladan, köp tomonlama platformalar doirasida özaro qöllab-quvvatlaş yuzasidan ham fikr almaşiş rejalaştirilgan.
Taşrif dasturi doirasida Albaniya Prezidenti V Toşkent xalqaro investitsiya forumida ham iştirok etadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Germaniya Prezidenti Frank-Valter Ştaynmayer 15 iyun kuni Osiyo böylab beş kunlik safariga yöl olişi hamda u taşrif davomida Indoneziya, Filippin va Özbekistonda bölişi haqida xabar berilgan edi.