Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan
foydalanamiz.
Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati
va Foydalanish
shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.
Özbekiston va Germaniyaning birinçi xonimlari uçraşdi
18-06-2026, 11:00
47 марта
Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Ştaynmayerning mamlakatimizga rasmiy taşrifi doirasida Özbekiston Respublikasi Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva va Germaniya Birinçi xonimi Elke Byudenbenderning uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Samimiy suhbatdan söng davlat rahbarlarining rafiqalari Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi xalqaro inklyuziv xabga taşrif buyurgan.
Oliy martabali mehmonga xabning inklyuziv kasbiy talimni rivojlantiriş, zamonaviy talim texnologiyalarini joriy etiş, şuningdek, yoşlarni, jumladan, nogironligi bölgan şaxslarni talab yuqori bölgan könikma va kasblarni egallaşda qöllab-quvvatlaşga qaratilgan faoliyati taqdim etilgan.
Taşrif davomida birinçi xonimlar xabning öquv ustaxonalari va loyihalari bilan tanişib, tahsil olayotgan öquvçilar bilan muloqot qilgan.
Elke Byudenbender Özbekistonda inklyuziv jamiyatni şakllantiriş, kasbiy talimni rivojlantiriş va yoşlar uçun imkoniyatlarni kengaytiriş borasida olib borilayotgan amaliy işlarni yuqori baholadi.
Eslatib ötamiz, keça, 17 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Ştaynmayer ötkazilgan muzokaralar yakunlari böyiça qöşma bayonot qabul qilib, köp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlaşga intilişlarini tasdiqlagandi.