Toşkentdagi asosiy köçalardan birida yangi buriliş joyi oçildi
Toşkent şahridagi Abdulla Qodiriy köçasida haydovçilar uçun ortiqça yöl bosiş masofasi qisqartirilib, yangi buriliş joyi oçildi. Bu haqda Toşkent şahrida Yöl harakatini taşkil etiş markazi (YHTEM) xabar berdi.
Qayd etilişiça, YHTEM Abdulla Qodiriy köçasida harakatni taşkil etiş sxemasini optimallaştirgan. Avval Ekopark tomondan harakatlanib, Movarounnahr va Mahatma Gandi köçalari yönalişida qayrilib olmoqçi bölgan haydovçilar ruxsat etilgan joyda qayriliş uçun 2 kilometrdan ortiq masofani bosib ötişlariga töğri kelardi. Endilikda qayrilib oliş imkoniyati bevosita Abdulla Qodiriy köçasining özida taşkil etilgan. Haydovçilar taxminan 500 metr masofa bosib ötişi zarur.
Qayrilib oliş uçun harakat yöli qariyb 4 baravarga qisqargan, ortiqça bosib ötiladigan masofa esa deyarli 75 foizga kamaygan. Şuningdek, avval qayrilib oliş uçun 6–8 daqiqa vaqt ketgan bölsa, hozir bu jarayon taxminan 1,5–2 daqiqani taşkil etmoqda. Yani bitta haydovçi birgina manyovrda örtaça 4–6 daqiqa vaqt tejaydi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda notöğri “parkovka” qilganlarga nisbatan çoralar keskinlaştirilib, töxtaş taqiqlangan joylarda qoldirilgan avtomobillar evakuvator yordamida jarima maydonlariga olib ketilişi haqida xabar berilgan edi.