Yangi Özbekiston köçasidagi yerosti avtomobil yöli oçildi
29-08-2025, 14:03
335 марта
Yangi Özbekiston köçasidagi yerosti avtomobil yöli oçildi Prezident Şavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Yangi Özbekiston köçasida barpo etilgan yerosti avtomobil yölini közdan keçirdi.
Yöl infratuzilmasini rivojlantiriş va transportlar harakatiga qulaylik yaratiş – muntazam jarayon. Bu, ayniqsa, aholi soni oşib, hududi kengayib borayotgan Toşkent uçun dolzarb masala.
Xususan, sönggi yillarda Yangi Özbekiston köçasida istirohat boği, uy-joylar, universitet va Olimpiya şaharçasi qurildi. Bu köça kelgusida Yangi Toşkent şahriga olib boruvçi asosiy yöllardan biri böladi.
Şu bois, Yangi Özbekiston köçasi böylab uzunligi 468, kengligi 25 metr bölgan yerosti avtomobil yöli barpo etildi. U soatiga 10 mingdan ziyod avtomobilni ötkaziş imkoniyatiga ega.
Tunnelning usti yaşil hududga aylantirilib, “Yangi Özbekiston” boği bilan Olimpiya şaharçasi örtasida piyodalarning xavfsiz harakatlanişi taminlandi.
Şuningdek, mazkur yönalişda loyihalaştirilgan metro yöli uçun tunnel va bekat ham qurildi.
Aytiş joizki, yurtimizda amalga oşirilayotgan har bir loyihada ekologik jihatlar alohida inobatga olinadi. Yangi Özbekiston köçasida barpo etilgan yerosti avtomobil yöli maşinalarning vaqt sarfini 2 barobarga qisqartirib, kuniga 1 tonna yonilği iqtisod qilinişiga va atmosferaga çiqariladigan zararli gazlar miqdori 2 tonnaga kamayişiga sabab böladi.
Davlatimiz rahbari yerosti avtomobil yölining zamonaviy standartlar asosida taşkil etilganiga etibor qaratdi. Bu kabi ravon yöllar xalqimizga qulaylik yaratib, turizm rivojiga hissa qöşişi qayd etildi.

