USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Toşkentda Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy vakolatxonasi oçildi

34 марта
Тошкентда Европа инвестиция банкининг минтақавий ваколатхонаси очилди

Bugun, 18 iyun kuni Yevropa investitsiya banki (EIB) Toşkent şahrida Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy vakolatxonasini oçdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi delegatsiyasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, vakolatxona YeIB vitse-prezidenti Marek Mora tomonidan oçilgan. U bankning Markaziy Osiyodagi tobora ortib borayotgan iştiroki va mintaqadagi investitsiya loyihalari portfelining kengayib borayotganini takidlagan.

“Biz mintaqaviy vakolatxona oçişga qaror qilganimizda Markaziy Osiyoda özgarişlar qançalik tez suratlarda keçayotganini va sifatli investitsiyalarga talab qançalik yuqori ekanini kördik. Hududda bevosita faoliyat yuritiş bizga tezroq harakat qiliş, hamkorlarimiz bilan yaqindan işlaş va ğoyalarni amaliy loyihalarga aylantiriş imkonini beradi. Biz transport va energetikadan tortib suv va raqamli infratuzilmagaça bölgan sohalarda katta imkoniyatlarni körmoqdamiz”, deydi u.

Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning bildirişiça, Özbekiston öz kelajagiga katta sarmoya kiritmoqda va bu kuçli xalqaro hamkorliklarni talab qiladi. Toşkentda Yevropa investitsiya banki vakolatxonasining oçilişi yangi tajriba, yangi moliyalaştiriş imkoniyatlari va iqtisodiyot hamda fuqarolar uçun muhim bölgan murakkab loyihalarni amalga oşirişda kömaklaşadigan uzoq muddatli hamkorni taqdim etadi.

“Toşkentda Yevropa Investitsiya Bankining mintaqaviy vakolatxonasi oçilişi Yevropa Ittifoqi va Özbekiston örtasida tobora mustahkamlanib borayotgan hamkorlikning navbatdagi muhim bosqiçidir. EIBning mintaqadagi kuçliroq iştiroki Yevropa Ittifoqining Global Gateway ustuvor yönalişlarini Markaziy Osiyo böylab barqaror ösiş, özaro boğliqlik hamda aholi va biznes uçun yangi imkoniyatlarni qöllab-quvvatlaydigan aniq loyihalarga aylantirişga yordam beradi. Şuningdek, bu Yevropa Ittifoqining Özbekiston va umuman mintaqa bilan hamkorlikni yanada çuqurlaştirişga qaratilgan uzoq muddatli sadoqatini ham aks ettiradi”, deydi Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi Elçisi Toyvo Klaar.

Malumot uçun, Yevropa investitsiya banki (EIB) guruhi Yevropa Ittifoqining moliyalaştiriş instituti bölib, unga Yevropa Ittifoqining 27 azo davlati egalik qiladi va u dunyodagi eng yirik köp tomonlama taraqqiyot banklaridan biri hisoblanadi. 2025 yilda YeIB guruhi Yevropa Ittifoqi siyosiy maqsadlarini qöllab-quvvatlovçi sakkizta ustuvor yönaliş böyiça 870 dan ortiq yuqori tasirga ega loyihalar uçun 100 milliard yevro miqdorida yangi moliyalaştiriş va maslahat xizmatlari böyiça bitimlar imzolagan. Uşbu ustuvor yönalişlar qatoriga iqlim va atrof-muhit, raqamlaştiriş va texnologik innovatsiyalar, xavfsizlik va mudofaa, hududiy birdamlik, qişloq xöjaligi va bioiqtisodiyot, ijtimoiy infratuzilma, kuçli global hamkorliklar hamda jamğarma va investitsiyalar ittifoqi kiradi.

Eslatib ötamiz, 2025 yilning aprel oyida Samarqand şahrida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Yevropa kengaşi Prezidenti Antoniu Koşta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen huzurida Toşkent şahrida Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisini oçiş böyiça bitim imzolangan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: