Saida Mirziyoyeva Xorijiy investorlar kengaşi yiğilişida qatnaşdi
Bugun, 18 iyun kuni Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Özbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida ötgan Xorijiy investorlar kengaşining yiğilişida iştirok etdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida yozdi.
Uning bildirişiça, yiğilişda taraqqiyotning eng muhim yönalişlari – iqtisodiyot, infratuzilma, innovatsiyalar, talim hamda biznes uçun qulay muhit yaratiş masalalari muhokama qilingan.


“Aynan uşbu sohalarga yönaltirilgan investitsiyalar, yuqori salohiyatli kadrlar va şaffof qoidalar mamlakatimizning barqaror rivojlanişi, iqtisodiy ösişi va xalqimiz farovonligini taminlaşning mustahkam poydevoridir”, deydi Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari.


Şuningdek, Saida Mirziyoyeva hamkorlarga samarali faoliyati hamda aniq amaliy natijalarga qaratilgan qatiy harakatlari uçun samimiy minnatdorlik bildirgan.


Eslatib ötamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Toşkent investitsiya forumi doirasida Özbekistonga taşrif buyurgan Rossiya Boş vaziri Mixail Mişustin, AQŞ Eksimbanki prezidenti Jon Yovanoviç hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi boş ijroçi direktori Ben Blek bilan uçraşgan edi.