Robaxon Mahmudova Oliy sud raisi lavozimiga saylandi
Bugun, 18 iyun kuni Robaxon Mahmudova beş yil muddatga Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda Oliy Majlis Senati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Oliy Majlis Senati Kengaşining majlisida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuniga muvofiq Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimiga kiritilgan nomzod körib çiqilgan.
Masala muhokamasi yakunida Oliy Majlis Senati Kengaşining Robaxon Anvarovna Mahmudovani sudyalik lavozimida bölişning muddatsiz davriga va Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimiga beş yil muddatga saylaş töğrisidagi qarori qabul qilingan.
Malumot uçun, Robaxon Anvarovna Mahmudova –Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengaşining raisi, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi “Adolat” SDP fraktsiyasi rahbari. 1958 yil 9 noyabrda Farğona viloyatining Farğona tumanida ziyolilar oilasida tuğilgan. 1983 yilda Toşkent davlat universitetining “Huquqşunoslik” fakultetini tugatgan. Mehnat faoliyati davomida Farğona viloyati Xalq qabulxonasi mudiri, Oliy Majlis Senati Fan, talim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi raisi, Özbekiston Oliy sudi raisining birinçi örinbosari — mamuriy işlar böyiça sudlov hayati raisi lavozimlarida işlagan. 2023 yilda u “Adolat” partiyasidan navbatdan taşqari prezident saylovida iştirok etgan va 4,43 foiz ovoz töplab, davlat rahbari etib qayta saylangan Şavkat Mirziyoyevdan keyin ikkinçi örinni egallagan. Saylovoldi kampaniyasi va saylovlar davrida uning sudyalik vakolatlari töxtatib turilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Baxtiyor Jahongiroviç Islomov muddatidan oldin Oliy sud raisi lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi.