Şukurovni qamoqdan çiqarib yuborgan sudyalar işdan olindi
26-12-2025, 12:27
147 марта

Şukurovni qamoqdan çiqarib yuborgan sudyalar işdan olindi
Avvalroq, joriy yil bahorda Toşkent şahridagi tungi klub oldida erkakni bir urib, komaga tuşirib qöygan Akmal Şukurov apellyatsiya instantsiya sudining 2025 yil 9 dekabrdagi ajrimi bilan ozodlikka çiqqani va uni qamoqdan çiqarib yuborgan sudyalarga xizmat tekşiruvi tayinlangani haqida xabar berilgan edi. Şukurovni ozodlikka çiqargan sudyalar lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengaşi xabar berdi.Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidentining bugun, 25 dekabrdagi farmoyişiga muvofiq Murodjon Kodiroviç Mirzajonov yozma arizasiga binoan hamda odil sudlovni amalga oşiriş çoğida qonuniylikni buzganligi uçun Özbekiston Respublikasi “Sudlar töğrisida”gi qonuni 79-moddasi 1-qismining 2,10-bandlariga asosan sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilib, Toşkent şahar sudi raisining örinbosari – jinoyat işlari böyiça sudlov hayati raisi lavozimidan ozod etilgan.
Şu bilan birga, Muhtarama Mahamadaliyevna Turğunova, Odilbek Ilhomjon öğli Ilhomjonov hamda Mirziyod Mirjaloliddinoviç Obidovning sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilib, Toşkent şahar sudining jinoyat işlari böyiça sudyasi lavozimidan ozod etilgan.
Şuningdek, Farxodjon Boqijonoviç Ğaniyev sudyalik lavozimida bölişning muddatsiz davriga, şundan beş yil muddatga Toşkent şahar sudi raisining örinbosari – jinoyat işlari böyiça sudlov hayati raisi lavozimiga tayinlangan va şu munosabat bilan Andijon viloyat sudi raisi lavozimidan ozod etilgan.
Murodjon Abduqoxoroviç Ababakirov esa sudyalik lavozimida bölişning muddatsiz davriga, şundan beş yil muddatga Andijon viloyat sudi raisining örinbosari ‒ jinoyat işlari böyiça sudlov hayati raisi lavozimiga tayinlangan.