Şovot tuman sudiga yangi raisi tayinlandi
6-08-2025, 15:09
1 930 марта
Şovot tuman sudiga yangi raisi tayinlandiSudyalar oliy kengaşining 2025 yil 4 avgust kungi qaroriga asosan, Yuldaşeva Navbaxor Ergaşevna jinoyat işlari böyiça Şovot tuman sudining raisi lavozimiga tayinlandi. U sudyalik lavozimida bölişning birinçi beş yillik muddatiga tasdiqlandi.
Navbaxor Yuldaşeva öz xizmat faoliyatini 2012-2013 yillarda Xorazm viloyati nogironlar reabilitatsiya markazida kadrlar bölimi mutaxassisi sifatida boşlagan. 2013-2015 yillarda Urganç tuman Sanoat kasb-hunar kollejida huquqşunos, 2015-2021 yillarda esa jinoyat işlari böyiça Xorazm viloyat sudida sud majlisi kotibi va sudya katta yordamçisi sifatida faoliyat yuritgan.
2021-2024 yillarda Xorazm viloyat sudida sudya katta yordamçisi lavozimida işlagan. Tayinlovga qadar esa Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining bitiruvçisi bölgan.
Navbaxor Yuldaşeva yangi masuliyatli lavozimda tuman sudi faoliyatini yanada samarali taşkil etişga bel boğlamoqda.