Yangiariqda sudya oqlov hukmi evaziga fuqarodan qança talab qilgani aytildi
3-07-2025, 21:41
1 220 марта

Yangiariqda sudya oqlov hukmi evaziga fuqarodan qança talab qilgani aytildi
Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida tergov sudyasi pora bilan qölga olingani haqida xabar bergan edik. Uşbu sudya hamkasblari orqali oqlov hukmini çiqartirib beriş uçun fuqarodan 15 ming dollar talab qilgan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Jinoyat işlari böyiça Yangiariq tuman sudining tergov sudyasi Urganç şahrida yaşovçi fuqaroga nisbatan JIB Tuproqqala tuman sudida körilayotgan, Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan qözğatilgan jinoyat işini vakolatli hamkasblari orqali uning foydasiga hal qilib, oqlov hukmini çiqartirib beriş evaziga 15 ming AQŞ dollar söragan.
Şundan söng, tergov sudyasi 2 ming dollarni naqd pulda va 24 million sömni esa plastik karta orqali olgan. Ammo bergan vadasining ustidan çiqmagan sudya muqaddam olgan pullarini qaytarayotgan vaqtida DXX, Oliy sud va Boş prokuratura xodimlari tomonidan qölga olingan.
Hozirda Boş prokuratura tomonidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi közğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.