Yangiariq tumani qişloq xöjaligi bölimining masul xodimiga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
9-06-2025, 12:27
1 432 марта
Yangiariq tumani qişloq xöjaligi bölimining masul xodimiga nisbatan jinoyat işi qözğatildiXorazm viloyati Yangiariq tumani qişloq xöjaligi bölimining masul xodimi tuman hududida joylaşgan va “Xorazm davlat örmon xöjaligi” davlat muassasasi balansida bölgan 29 gektar yer maydonini çorvaçilik yönalişida 49 yil muddatga ijara asosida foydalaniş uçun olib beriş va mansabdor tanişlari orqali kadastr hujjatlarini rasmiylaştirib beriş evaziga fuqarodan 4000 AQŞ dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda mazkur şaxs 3900 AQŞ dollari va 1.297.000 söm pul mablağini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.