Xorazm viloyatida fuqarolarga soxta diplom olib bergan şaxs uşlandi
16-04-2025, 17:48
693 марта
Xorazm viloyatida fuqarolarga soxta diplom olib bergan şaxs uşlandiBoş prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tumani bölimi va IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.M. fuqaro D.I.ning işonçiga kirib, unga Urganç davlat universiteti tomonidan berilgan akademik tatilini töğrilab, diplom olib berişi evaziga 900 AQŞ dollari va 1,3 mln sömni tanişi M.Ya. orqali olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şuningdek, tergovga qadar tekşiruv davomida fuqaro D.M. fuqarolar B.O. va A.B.ni aldab, ularning Qozoğiston Respublikasi universitetidagi öqişini göyoki Qirğiz Respublikasidagi xalqaro universitetga köçirib, uşbu talim muassasasini tugatganligi haqida soxta diplom tayyorlab berib, evaziga ularning jami 4 800 AQŞ dollarini qölga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş), 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.