Xorazmda sudya pora bilan uşlandi
2-07-2025, 21:38
2 179 марта

Xorazmda sudya pora bilan uşlandi
Bugun, 2 iyul kuni Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida tergov sudyasi pora bilan qölga olindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, Oliy sud taşabbusi bilan huquqni muxofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Jinoyat işlari böyiça Yangiariq tuman sudining tergov sudyasi M.S. fuqaro O.R.ga oid jinoyat işi böyiça yordam beriş evaziga muqaddam olgan pullarning bir qismini arizaçining talabi bilan qaytargan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
“Oliy sud keng jamoatçilik etiborini sud organlarida korruptsiyaga qarşi murosasiz va keskin kuraş böyiça qatiy çoralar körilayotganiga qaratib, sud tizimini nopok kadrlardan tozalaş borasida barça zarur say-harakatlar amalga oşirilayotganini malum qiladi”, deyilgan xabarda.