Soliq idorasi mansabdori pora olayotganida uşlandi
16-06-2025, 13:59
309 марта

Soliq idorasi mansabdori pora olayotganida uşlandi
DXXning Qaşqadaryo viloyati böyiça boşqarmasi hamda IJQKD hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda tuman soliq ispektsiyasi boşliğining örinbosari hamda şu işga aloqador şaxs pora olayotganida qölga tuşdi.Qamaşi tumanida yaşovçi, 1981 y.t. muqaddam sudlangan şaxs 360 mln sömlik soliq qarzdorligini tölamaganligi sababli Iqtisodiy sud tomonidan bankrot deb topilgan ğişt işlab çiqaruvçi MÇJning soliq qarzdorligini töliq tölamasdan, zavodga nisbatan qöyilgan taqiqni özining mansabdor tanişlari orqali bekor qildirib, uning faoliyatini tiklab beriş evaziga MÇJ rahbaridan 4 000 AQŞ dollari talab qilgan. Ötkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 3 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlangan.
Tezkor tadbir davomida uşbu noqonuniy işga aloqador bölgan Qamaşi tuman soliq inspektsiyasi boşliğining örinbosari ham 3 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan ikki qonunbuzarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.