Xorazmda fuqaro asossiz qamoqda ötirdi
26-06-2025, 16:30
1 200 марта
Xorazmda fuqaro asossiz qamoqda ötirdiXorazm viloyatida fuqaro Rustam Xöjaniyozov sudya xatosi tufayli 8 oy asossiz jazoni ijro etiş muassasasida saqlangani aniqlandi. Bunga taftiş instantsiyasi ajrimida qamoqdan ozod qiliş haqida yozilmasligi sabab bölgan.
Xöjaniyozov va yana uç nafar şaxs 2023 yil oktyabrda savdo dökoni oldidagi yoğ mahsulotlarini öğirlaganlikda ayblanib, qamoqqa olingan. Urganç şahar sudi 2024 yil 29 martda Xöjaniyozovni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topib, 3 yil ozodlikdan mahrum qilgan. Apellyatsiya tartibida bu qaror özgarişsiz qoldirilgan.
2024 yil 22 iyulda Xorazm viloyati sudining taftiş instantsiyasi Xöjaniyozovga nisbatan jinoyat tarkibi yöq deb topib, uni oqlagan va işni tugatgan. Şu bilan birga, unga nisbatan mamuriy javobgarlik belgilangan bölsa-da, ajrimda qamoqdan ozod qiliş haqida körsatilmagan. Natijada, u yana 207 kun asossiz ravişda qamoqda saqlangan.
Sudyalar Oliy kengaşi malum qilişiça, xizmat tekşiruvi ötkazilib, 3 nafar sudyaga nisbatan intizomiy jazo – hayfsan qöllangan. Işni körgan sudya Uluğbek Bakdurdiyev prezident farmoyişi bilan 2025 yil 23 iyunda yozma arizasiga asosan lavozimidan ozod etilgan.
Fuqaroning ozodlikdan asossiz mahrum qilinişi – oddiy xizmat xatosi emas, bu – inson huquqlariga oçiqçasiga tajovuzdir. Bunday holatda sudyaning “yozma ariza bilan” ketişi emas, balki qonuniy javobgarligi körib çiqilişi kerak emasmidi? Çunki bu notöğri qaror oqibatida inson hayotining 8 oyi qamoqda ötdi.