Qobul Dösov 5 yil 2 oyga qamaldi
16-06-2025, 17:00
682 марта

Qobul Dösov 5 yil 2 oyga qamaldi
Bugun, 16 iyun kuni sobiq deputat Qobul Dösovga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça oçiq sud jarayoni yakunlanib, u 5 yil 2 oy ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.Qayd etilişiça, Jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudining hukmiga muvofiq Dösov 5 nafar jabrlanuvçiga (Maktabgaça va maktab talimi vazirligi, Navoiy viloyati maktabgaça va maktab talimi boşqarmasi mutasaddi va masullari, Çirçiq şahri IIB Probatsiya bölimi katta inspektori) nisbatan Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a” bandi, 140-moddasi (haqorat qiliş) 3-qismi “a” bandi va 237-moddasi (yolğon xabar beriş) 2-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
Qobul Dösovga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalariga asosan 5 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi, Jinoyat kodeksining 59-moddasi 8-qismi tartibida mazkur hukm bilan tayinlangan jazoga jinoyat işlari böyiça Arnasoy tuman sudining 2025 yil 24 fevraldagi hukmi bilan tayinlangan jazoni qisman qöşiş yöli bilan ötaş uçun uzil-kesil 5 yil 2 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilandi.
Şuningdek, Dösov tomonidan Facebook ijtimoiy tarmoğida yaratilgan “Kabul Dusov” nomli profil hamda Telegram mesenjerida yaratilgan “Kobul Dusov/RASMIY KANAL/” nomli kanal faoliyati töxtatilib, bloklanişi belgilangan.