USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda yil boşidan beri 4 700 odam qamaldi

191 марта

Özbekistonda yil boşidan beri 4 700 odam qamaldi

Hisobot davri davomida jinoyat işlari böyiça sudlar tomonidan 19 646 nafar şaxsga nisbatan 15 681 ta jinoyat işi körib çiqilgan.

Joriy yilning I çoragi davomida Özbekistonda 4 764 nafar şaxsga ozodlikdan maxrum qiliş jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov malum qildi.
Hisobot davri davomida jinoyat işlari böyiça sudlar tomonidan 19 646 nafar şaxsga nisbatan 15 681 ta jinoyat işi körib çiqilgan. 108 nafar şaxs oqlanib, reabilitatsiya qilingan.

Sudlangan şaxslar soni 15 369 nafarni taşkil etib, şundan 4 764 nafar şaxsga ozodlikdan maxrum qiliş va 10 319 nafariga boşqa turdagi jazolar tayinlangan, 286 nafar şaxs şartli hukm qilingan. Sudlangan şaxslarning 13 611 nafari erkak, 1 708 nafari ayol, 6 066 nafari yoşlar (şu jumladan 702 nafari voyaga yetmagan) va 601 nafari 60 yoşdan oşgan şaxslar.
Malum qilinişiça, 2 042 nafar şaxs ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlanişi munosabati bilan sud zalida qamoqdan ozod qilingan, 8 181 nafari jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilingan, 2 746 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almaştirilgan va 3 765 nafar şaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravişda qöyilgan moddalar ayblovdan çiqarib taşlangan yoki qayta malakalangan. 

Şuningdek, 27 nafar şaxsga kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlangan.
Hisobot davrida körilgan jinoyat işlarning aksariyatini 
  • firibgarlik,
  • transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş,
  • öğrilik,
  • giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, egallaş, saqlaş va boşqa harakatlar,
  • özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş,
  • hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş,
  • bezorilik,
  • qasddan badanga yengil şikast yetkaziş,
  • giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş, 
  • qasddan badanga örtaça oğir şikast yetkaziş bilan boğliq jinoyatlar taşkil etadi.
Şu bilan birga, yaraşuv institutining samarali qöllanilişi natijasida 3 429 nafar şaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan.
Apellyatsiya tartibida 2 706 nafar şaxsga nisbatan 2 064 ta jinoyat işi körib çiqilgan. 92 nafar şaxsga nisbatan birinçi instantsiya sudlari tomonidan çiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 825 nafar şaxsga nisbatan çiqarilgan sud qarorlari özgartirilgan.
Kassatsiya tartibida 1 523 nafar şaxsga nisbatan 1 330 ta jinoyat işi körib çiqilgan. 115 nafar şaxsga nisbatan birinçi instantsiya sudlari tomonidan çiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 475 nafar şaxsga nisbatan çiqarilgan sud qarorlari özgartirilgan.

Şuningdek, taftiş tartibida 1 598 nafar şaxsga nisbatan 1 360 ta jinoyat işi körib çiqilgan. 46 nafar şaxsga nisbatan quyi instantsiya sudlari tomonidan çiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 268 nafar şaxsga nisbatan çiqarilgan sud qarorlari özgartirilgan

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: