USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

XVJ Özbekistonda raqobat muhitini yaxşilaşga çaqirdi

55 марта
ХВЖ Ўзбекистонда рақобат муҳитини яхшилашга чақирди
Xalqaro valyuta jamğarmasi (XVJ) Özbekistonni içki bozordagi raqobat muhitini yaxşilaş va xususiy sektor rolini kuçaytiriş hamda imtiyozli kreditlaş hajmini bosqiçma-bosqiç qisqartirişga çaqirdi. Bu haqda jamğarmaning Özbekiston böyiça navbatdagi konsultatsiyalari yakunlari böyiça bayonotida söz boradi.

XVJ malumotlariga köra, Özbekiston iqtisodiyoti sönggi yillarda barqaror ösişni namoyon etmoqda. Mamlakat yalpi içki mahsuloti 2025 yilda 7,7 foizga ösgan bölsa, 2026 yilning birinçi çoragida iqtisodiy ösiş surati 8,7 foizni taşkil etgan.

Şuningdek, işsizlik va qaşşoqlik darajasi pasaygan, inflyatsiya esa 2024 yil may oyidagi energetika tariflari islohotidan keyingi yuqori körsatkiçlardan tuşib, 2026 yil aprel oyida 7 foizgaça kamaygan.

XVJ hisobotiga köra, 2025 yilda davlat byudjeti taqçilligi YaIMning 2,1 foizigaça qisqargan. Oltin narxlarining yuqori bölişi, pul ötkazmalari hajmining ösişi va oltindan taşqari eksportning kengayişi taşqi savdo körsatkiçlarining yaxşilanişiga xizmat qilgan. Natijada joriy hisob taqçilligi YaIMning 3,9 foizigaça pasaygan.

Jamğarma 2026 yilda Özbekiston iqtisodiyoti 6,8 foizga, 2027 yilda esa 6 foizga ösişini prognoz qilmoqda. Bu ösiş xususiy istemol, investitsiyalar va tarkibiy islohotlarning davom etişi hisobiga taminlanişi kutilmoqda.

XVJ inflyatsiya 2027 yil oxiriga borib Markaziy bankning 5 foizlik maqsadli körsatkiçiga yaqinlaşişini prognoz qilgan. Şu bilan birga, xalqaro zaxiralar yuqori darajada saqlanib qolişi va 2026 yil oxirida importning 12 oyidan ortiq hajmini qoplaşi kutilmoqda.

XVJ ekspertlari global geosiyosiy keskinliklar, jumladan, Yaqin Şarqdagi mojarolar taşqi talabning susayişiga, eksport narxlarining pasayişiga va xalqaro moliya bozorlaridagi şaroitning yomonlaşişiga olib kelişi mumkinligini qayd etgan.

Içki xavflar sifatida esa byudjet xarajatlarining ortişi, imtiyozli va yönaltirilgan kreditlaş amaliyotining saqlanib qolişi hamda ayrim tarkibiy islohotlarning keçikişi tilga olingan.

Jamğarma Özbekiston hukumatini:
  • inflyatsiyani pasaytiriş maqsadida qatiy pul-kredit siyosatini saqlab qolişga;
  • byudjet xarajatlarini ehtiyotkorlik bilan boşqarişga;
  • davlat korxonalarini isloh qiliş va xususiylaştirişni jadallaştirişga;
  • soliq mamurçiligini takomillaştirişga;
  • imtiyozli kreditlaş hajmini bosqiçma-bosqiç qisqartirişga;
  • moliyaviy sektor barqarorligini mustahkamlaşga;
  • raqobat muhitini yaxşilaş va xususiy sektor rolini kuçaytirişga çaqirgan.

Şuningdek, XVJ Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga azo böliş jarayonini yakunlaş, mehnat bozorini isloh qiliş va iqlim özgarişi bilan boğliq siyosatlarni kuçaytiriş iqtisodiy ösişning barqarorligiga xizmat qilişini qayd etgan.

XVJ xulosasiga köra, Özbekiston iqtisodiyoti hozirça kuçli suratlarda ösişni davom ettirayotgan bölsa-da, uzoq muddatli barqarorlikni taminlaş uçun bozor islohotlari va xususiy sektorni rivojlantiriş böyiça say-harakatlarni izçil davom ettiriş muhim ahamiyatga ega.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xalqaro valyuta jamğarmasi Özbekiston iqtisodiyotining yaqin yillar uçun prognozi hamda soliq-byudjet, pul-kredit va tarkibiy siyosat böyiça tavsiyalarini elon qilib, mamlakatni byudjet xarajatlarini oşirmaslik böyiça ogohlantirgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: