Özbekistonga xorijdan pul ötkazmalari 21,4 foizga oşdi

Özbekistonga xorijdan pul ötkazmalari 21,4 foizga oşdi
2025 yilning ikkinçi çoragida xorijda mehnat qilayotgan muhojirlar tomonidan Özbekistonga jami 4,8 milliard dollar miqdorida pul ötkazmalari amalga oşirildi. Bu körsatkiç ötgan yilning şu davriga nisbatan 21,4 foizga yuqori. Soliştiriş uçun, 2024 yilning ikkinçi çoragida ösiş surati 38,6 foizni taşkil etgan edi.
Mutaxassislar fikriça, bu dinamikaning şakllanişi asosan mehnat muhojirlarini qabul qilayotgan mamlakatlarda valyuta kurslarining barqarorligi, iş haqi ösişi hamda iqtisodiy faollikning yuqori suratlari bilan boğliq.
Ikkinçi çorakda turli mintaqalardan yuborilgan pul ötkazmalarida sezilarli farq kuzatildi. Jumladan, Boltiq davlatlari, Yevropa va qator boşqa hududlardan kelgan ötkazmalarning ösiş surati yuqori darajada saqlanib qoldi. Xususan, Boltiq mamlakatlaridan pul ötkazmalari ötgan yilga nisbatan 65,6 foizga oşdi.
Şu bilan birga, AQŞ, Rossiya va Yevropadan yöllangan mablağlar hajmida ösiş surati pasaygani qayd etildi: AQŞdan – 10,3 foiz, Rossiyadan – 23,7 foiz va Yevropadan – 26,9 foizgaça. Osiyodan kelgan pul ötkazmalari esa barqaror holatda qoldi.
Taşqi bozorlardagi özgarişlar, ayniqsa Rossiya, Yevropa va Boltiq davlatlarida mehnat muhojirlariga bölgan talabning ortişi, pul ötkazmalari dinamikasida hal qiluvçi omillardan biri böldi. Bu esa mehnat muhojirlari oqimi yönalişlari bosqiçma-bosqiç kengayayotganini körsatadi.