Migrantlarning Özbekistonga pul jönatmalari keskin köpaydi
17-07-2025, 23:47
373 марта
Migrantlarning Özbekistonga pul jönatmalari keskin köpaydi Mamlakatga mehnat muhojirlari yuborgan pullar hajmi bir yilda 27 foiz ösdi. Bu haqda Markaziy bank şarhda malum qilingan.
2025-yil yanvar-iyun oylarida çet eldan Özbekistonga kelib tuşgan pul ötkazmalari 8,2 mlrd dollarni taşkil qildi. Bu 2024-yil mos davridagiga nisbatan 1,8 mlrd dollarga köp (27 foiz).
“Mablağlarning 78 foizi Rossiyadan (6,4 mlrd dollar) kelib tuşgan. Qolgan qismi Qozoğiston, AQŞ, Janubiy Koreya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Qirğiziston, Litva hamda boşqa mamlakatlar hissasiga töğri kelgan”, deyiladi manbada.
Pul ötkazmalari ortişiga özbekistonlik migrantlar işlaydigan davlatlarda işçi kuçiga talab köpaygani va iş haqlari yuqori darajada saqlanib qolgani sabab bölgan. Şu bilan bir qatorda milliy valyuta kurslari mustahkamlanişi ham tasir qilgan.
Markaziy bank tahliliga qaraganda, Özbekistonga rivojlangan mamlakatlardan kelib tuşgan transçegaraviy pul ötkazmalari hajmlari ösib bormoqda. Masalan, transfertlar hajmi Buyuk Britaniyadan ikki barobar, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan 41 foizga (Irlandiya 2,8 barobar, Litva 79 foiz, Niderlandiya 44 foiz, Polşa 20 foiz) hamda AQŞdan 15 foizga oşgan.
Olti oy davomida jismoniy şaxslarga kelib tuşgan pullarning 4,3 mlrd dollari (53 foizi) ananaviy xalqaro pul ötkazma tizimlaridan yuborilgan. Bunda ösiş hajmi 2024-yil mos davriga nisbatan 22 foizni taşkil etgan. Yana 3,6 mlrd dollar (44 foizi) xorijdan bank kartalariga töğridan-töğri (P2P) ötkazmalar orqali (ösiş 40 foiz) kelib tuşgan. Öz navbatida 251 mln dollar (3 foizi) bank ötkazmasi (SWIFT) orqali (kamayiş 22 foiz) amalga oşirilgan.
Joriy yil yanvar-iyun oylarida Özbekistondan çet elga yuborilgan pul ötkazmalari hajmi ötgan yil darajasida saqlanib qolib, 1,2 mlrd dollarni taşkil qilgan