USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonliklar tört oyda 133 mln dollarlik şakar va şakar xomaşyosini import qilgan

117 марта

Özbekistonliklar tört oyda 133 mln dollarlik şakar va şakar xomaşyosini import qilgan

2025 yilning 1 may holatiga köra, Özbekistonga şakar va konditer mahsulotlari umumiy qiymati 223,9 million AQŞ dollari miqdorida import qilingan. Bu körsatkiç 2024 yilning mos davriga nisbatan 25,9 foizga kamayganini körsatmoqda.

Ayniqsa, şakar va şakar xomaşyosi böyiça keskin pasayiş kuzatilgan. Agar ötgan yili şu davrda bu mahsulotlar uçun 208,5 million dollar sarflangan bölsa, joriy yilning şu davrida bu körsatkiç 133,3 million dollarni taşkil qilgan, yani 36,1 foizlik kamayiş qayd etilgan.

Hisobot davrida importi keskin kamaygan mahsulotlar, jumladan:
  • Şakar va şakar xomaşyosi  (36,1 foizga kamaygan);
  • Kakao kukuni  (13,8 foizga kamaygan);
  • Karamelli şirinliklar  (13,7 foizga kamaygan);
  • Saqiç  (15,9 foizga kamaygan);
  • Oq şokolad  (16,2 foizga kamaygan);
  • Kakao yoği  (92,8 foizga kamaygan);
  • Şinni   (70,9 foizga kamaygan).
2025 yilning 1 may holatiga köra, Özbekistonga alkogolsiz içimliklar umumiy qiymati 43,9 million AQŞ dollari miqdorida import qilingan. Bu körsatkiç 2024 yilning şu davri bilan soliştirilganda 26,3 foizga kamayganini körsatmoqda.

Importdagi eng katta qismini taşkil qilgan mahsulotlardan biri — şakarli gazlangan içimliklar hisoblanadi. Joriy yilning yanvar–aprel oylarida uşbu mahsulotlar qiymati 36 million AQŞ dollarini taşkil etgan bölib, bu ham ötgan yilga nisbatan 30,1 foizga kamayganini anglatadi.

Yuqoridagi tahlillar şuni körsatmoqdaki, 2025 yilning dastlabki tört oyida Özbekistonga şakar, konditer mahsulotlari hamda alkogolsiz içimliklar importi sezilarli darajada kamaygan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: