USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyada migrantlar orasida eng köp jinoyatni özbekistonliklar sodir etyapti

424 марта

Rossiyada migrantlar orasida eng köp jinoyatni özbekistonliklar sodir etyapti

Rossiyada migrantlar orasida eng köp jinoyatlarni özbekistonliklar sodir etmoqda. Bu haqda keça, 12 iyun kuni Rossiya Içki işlar vazirining örinbosari Vitaliy Yakovlev Turkmaniston poytaxti Aşxobodda ötkazilgan “Tinçlik, barqaror rivojlaniş va migratsiya” mavzusidagi xalqaro konferentsiyada elon qildi.

Uning aytişiça, joriy yilning birinçi çoragida Rossiyada xorijliklar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning 35,5 foizi Özbekiston fuqarolariga töğri keladi. Ikkinçi örinda Tojikiston fuqarolari turibdi – ularga 16,6 foiz jinoyatlar töğri keladi. Röyxatni 11,5 foiz bilan Qirğiziston fuqarolari yakunlaydi.
Rossiya IIV malumotlariga köra, joriy yilning birinçi çoragida xorijliklar tomonidan Rossiyada sodir etilgan jinoyatlar soni ötgan yilning şu davriga nisbatan 15,3 foizga oşgan.

“Afsuski, migrantlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar sonining ösib borayotganini qayd etyapmiz. Xususan, xorijliklar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 15,3 foizga oşgan. Aniq raqamlarda aytadigan bölsak, joriy yilning birinçi çoragida xorijliklar Rossiyada 12,5 mingta jinoyat sodir etgan”, dedi Yakovlev.

Şu bilan birga, xorijiy fuqarolarga nisbatan tuzilgan mamuriy bayonnomalar soni birinçi çorakda 1,1 foizga kamaygan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: