USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Germaniyada rekord darjada köp migrantga fuqarolik berildi

263 марта

Germaniyada rekord darjada köp migrantga fuqarolik berildi

Germaniyada fuqarolik töğrisidagi yangi qonun tufayli 2024 yilda 290 mingdan ortiq kişi Germaniya pasportiga ega böldi. Bu haqda “Deutsçe Welle” xabar berdi.
2024 yilda 291 ming 955 kişi Germaniya fuqaroligini olgan. Bu statistika 2000 yildan beri rekord körsatkiç bölib, 2023 yilga nisbatan 91 860 kişiga (46 foiz) köpaygan.
2024 yilda köpinça suriyaliklar fuqarolikka qabul qilingan. Ularga 83 ming 150 ta pasport berilgan – bu fuqarolikni olgan barça çet elliklarning 28 foizi. Keyingi örinlarda Turkiya (22 ming 525 yoki 8 foiz), Iroq (13 ming 545 yoki 5 foiz), Rossiya (12 ming 980 yoki 4 foiz) va Afğoniston (10 ming 085 yoki 3 foiz) fuqarolari qayd etilgan.
Ötgan yilgi körsatkiçlarga nisbatan esa eng katta ösiş rossiyaliklar orasida qayd etilgan. Agar 2023 yilda Germaniya pasportini 1 ming 995 nafar Rossiya fuqarosi olgan bölsa, 2024 yilda ularning soni 12 ming 980 taga yetgan – bu olti barobardan köproq degani. Bir yil içida fuqarolikka qabul qilingan Turkiya fuqarolari soni ham ikki baravardan köproq oşgan.
Qayd etilişiça, 2024 yilning iyun oyidan kuçga kirgan migratsiya qonunçiligidagi özgarişlar Germaniya yangi fuqarolari sonining ösişida muhim rol öynagan. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: