Joriy etilgan «ijtimoiy norma» qança gaz va «svet»ni tejagani aytildi
2-06-2025, 18:27
338 марта

Joriy etilgan «ijtimoiy norma» qança gaz va «svet»ni tejagani aytildi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2024 yil may oyida joriy etilgan ijtimoiy istemol normasiga asoslangan yangi tarif siyosati doirasida uy xöjaliklarining energiya istemoliga tasirini baholaş böyiça tadqiqot ötkazdi.
Tadqiqotda respublikaning barça hududlaridan 3516 ming uy xöjaliklari iştirok etdi. Şuningdek, 3,5 million tabiiy gaz va 8 million elektr energiyasi abonentlarining istemol malumotlari tahlil qilindi. Bu esa, energiya istemoli tarkibi va tariflar özgarişiga aholining munosabatini tuşuniş imkonini beradi.
Tahlil natijalari şuni körsatadiki, 2024 yilning may-dekabr oylarida elektr energiyasi istemoli 2023 yilning şu davriga nisbatan 10,6 foizga kamayib, 1,3 mlrd kVt/soat tejalgan.
Qiziği şundaka, aksariyat aholi odatdagi meyorlar doirasida energiya istemolidan foydalanişni davom ettirdi. Oyiga 200 kVt/soatgaça elektr energiyasi istemol qilgan abonentlar uluşi 2023 yilda 71 foizni va 2024 yilda 72 foizni taşkil etib, barqarorligiça qoldi.
Tabiiy gaz istemolida ham şunday tendentsiya kuzatildi, 2024 yilda abonentlarning 58 foizi 500 kub metrgaça tabiiy gaz işlatgan bölsa, 2023 yilda 54 foizni taşkil etgan. Şunday qilib, tariflarning oşişi asosiy istemol hajmining keskin özgarişiga olib kelmadi.
Eng sezilarli pasayiş dastlabki istemoli nisbatan yuqori bölgan hududlarda, masalan, Samarqand, Toşkent, Andijon va Namangan viloyatlarida kuzatildi. Yuqori istemol darajasi (oyiga 10 000 kVt/soatdan ortiq) bölgan uy xöjaliklari soni sezilarli darajada kamaydi, bu esa, energiya resurslaridan tejamkor foydalanişga ötişdan dalolat beradi.
Şu bilan bir qatorda energiya taminoti sifati ham yaxşilanmoqda. Sörov natijalariga köra, respondentlarning deyarli yarmi elektr energiyasi bilan taminlaş, şuningdek, tabiiy va suyultirilgan gaz bilan taminlaş borasidagi ijobiy özgarişlarni qayd etdi.
Uy xöjaliklarining 47 foiz, xususan, Surxondaryo (78 foiz), Sirdaryo (70 foiz) va Namangan (67 foiz) viloyatlarida elektr energiyasi taminoti yaxşilangani qayd etildi.
Respondentlarning 39 foizida tabiiy gaz taminoti yaxşilandi, eng yuqori körsatkiçlar Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida (har biri 68 foiz) hamda Jizzax viloyatida (60 foiz) qayd etildi.