1 maydan elektr energiyasi uçun yangi tarif joriy etiladi
26-04-2025, 16:50
1 587 марта
1 maydan elektr energiyasi uçun yangi tarif joriy etiladiPrezident topşiriğiga binoan, 2025 yil 1 maydan boşlab 201 kVt/soatdan 500 kVt/soatgaça bölgan elektr energiyasi uçun narx 900 söm emas, 800 söm etib belgilanadi. Bu özgariş Vazirlar Mahkamasining 194-sonli qarorida keltirilgan.
Energetika vazirligining malum qilişiça, uşbu qaror mavjud tariflarga aholi uçun yengillik yaratiş maqsadida kiritilgan özgarişlarni öz içiga oladi.
Masalan, bir oyda örtaça 500 kVt⋅soat elektr energiyasi istemol qiladigan xonadon avval 360 ming söm tölar edi (200 kVt uçun 90 ming söm, 300 kVt uçun 270 ming söm). Endi ham tölov miqdori özgarmaydi, ammo tariflar boşqaça taqsimlanadi: 200 kVt uçun 120 ming söm, 300 kVt uçun esa 240 ming söm.
Şuningdek, yangi tartibga köra, elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari har yili 1 maydan boşlab inflyatsiya darajasiga qarab, 10 foizdan oşmagan miqdorda indekslaş orqali qayta körib çiqiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Prezident elektr energiyasi böyiça tariflar narxini özgartirişni 1 apreldan 1 maygaça keçiktiriş topşiriğini bergan edi.