USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Energiya tariflari özgardi: yangi narxlar nimalarni anglatadi?

1 165 марта

2025 yil 1 maydan boşlab Özbekiston energetika bozorida yangi bosqiç boşlanmoqda — elektr energiyasi va gaz uçun tariflar qayta körib çiqildi.

1 maydan elektr va gaz narxlari yangilandi. Yangi tizim qanday işlaydi va ehtiyojmandlar uçun qanday yengilliklar nazarda tutilgan?
2025 yil 1 maydan boşlab Özbekiston energetika bozorida yangi bosqiç boşlanmoqda — elektr energiyasi va gaz uçun tariflar qayta körib çiqildi. Yangi tizimning asosiy tamoyili – resurslarni tejaşga undaş, ijtimoiy adolatni taminlaş va ehtiyojmand qatlamni himoya qiliş ekanligi takidlandi. 


Tariflar tabaqalaştirilgan holda joriy etiladi. Bu esa bir qaraşda murakkabdek tuyulsa-da, aslida har bir istemolçi öz sarfidan kelib çiqib narx tölaydi.
Elektr energiyasida “köp işlatsang – köproq tölaysan” tamoyili
Yangi tariflarga köra, oylik istemol 200 kVt soatgaça bölsa, elektr 600 sömdan sotiladi. Avval bu 450 söm edi. Bu eng past stavka.
Ammo 200 kVtdan ortiq istemol qilganlar uçun narxlar bosqiçma-bosqiç oşib boradi. Masalan:
— 201–500 kVt·soat – 800 söm,
— 501–1000 kVt·soat – 1000 söm,
— 1001–5000 kVt·soat – 1500 söm,
— 10 ming kVt·soatdan ortiq – 2000 söm.
Bu tizim orqali resursni haddan taşqari istemol qiliş çeklanişi kutilmoqda. Şu bilan birga, energiyani tejab foydalanganga eng arzon tariflar taklif qilinmoqda.
Elektr plitalari örnatilgan köp qavatli uylardagi aholiga esa nisbatan pastroq tariflar qöllaniladi. Bu guruhda 200 kVt soatgaça — 300 söm, keyingi bosqiçlarda esa 1000 sömgaça bölgan narxlar belgilangan.
Gaz tariflari: mavsumiy va sarf miqdoriga qarab belgilangan narxda böladi
Tabiiy gaz narxlari ham ikki mavsumga bölindi:
— Noyabr–fevral (isitiş mavsumi)
— Mart–oktyabr (isitişsiz davr)
Isitiş mavsumida 500 kub metrgaça bölgan gaz 1000 söm etib belgilandi. Bu avvalgi 650 sömdan 53 foizga oşgan. 10 ming kub metrdan ortiq istemol qilganlar uçun esa narx 3000 sömgaça yetadi.
Bahor–yoz oylarida past istemol uçun tariflar saqlanadi, lekin yuqori sarf uçun narxlar yana oşadi.

Suyultirilgan gaz narxi esa 1 kg uçun 1600 sömdan 2000 sömgaça kötariladi.
Ehtiyojmandlar uçun kompensatsiya tizimi işga tuşadi
Islohotning muhim jihatlaridan biri –ehtiyojmand oilalarni himoya qiliş mexanizmining joriy etilişi. 2025 yil 1 maydan 2027 yil 1 aprelgaça ayrim toifadagi aholiga kompensatsiya ajratiladi.
Bu toifadagi oilalarning:
— oyiga 150 kVt·soat elektr energiyasi,
— 250 kub metr (qişda),
— 150 kub metr (yozda) tabiiy gaz sarfi uçun tariflar farqi davlat tomonidan qoplab beriladi.
Bu yondaşuv orqali kam taminlangan oilalarga moliyaviy bosim kamaytirilişi rejalaştirilgan.
Raqamlar ortida turgan asosiy maqsad – energiya bozorini isloh qilişmi? Yoki...
Quvvat tariflarini erkinlaştiriş — jahon tajribasida sinovdan ötgan, iqtisodiyotni barqarorlaştirişga xizmat qiluvçi strategik qaror. Özbekistonda bu jarayon bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda.
Narxlarning oşişi, bir tomondan, ijtimoiy aholi qatlamlariga oğir tuyulişi mumkin, ammo boşqa tomondan bu — tejaş, oqilona sarflaş va davlat xarajatlarini kamaytirişga xizmat qiladi.

Muhimi — bu tizimda xalqning eng zaif qatlamlari etiborsiz qoldirilmagan.
Kutilgan islohot, ehtiyotkor qadamlar
Xulosa qilib aytganda yangi tariflar jamiyatda turli munosabatlarga sabab bölmoqda. Ammo Energetika vazirligi va mutasaddi idoralar islohotni puxta rejalagan: tabaqalaştirilgan narxlar orqali resurslar tejaladi, adolatli taqsimot yölga qöyiladi va ehtiyojmand oilalarga yordam saqlanadi.
Bu — oson bölmagan, lekin uzoq muddatda foyda berişi mumkin bölgan muhim qadam.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: