Özbekiston gaz eksportda yetakçi, import esa keskin tuşdi
22-05-2025, 17:03
316 марта

2025 yilning dastlabki tört oyida Özbekiston gaz eksportdan köproq daromad oldi, import esa sezilarli kamaydi. Xususan, Xitoyga gaz sotiş 85 foizga ösdi, Turkmaniston va Rossiyadan olinadigan gaz hajmi esa uç barobarga tuşdi.
Yanvarda import hajmi 27,8 mln dollar bölsa, martga kelib 2,7 mln dollargaça tuşdi. Aprel oyida esa keskin ösib, 112 mln dollarga yetdi. Bu gaz hajmining asosan Turkmaniston va Rossiyadan kelayotgani bilan boğliq.
Gaz eksportida esa Xitoy yetakçi hamkor sifatida ajralib turibdi. Yanvar–aprelda Xitoyga 199,7 mln dollarlik gaz eksport qilindi, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 85 foizga köp. Birgina aprel oyida eksport 105,4 mln dollarni taşkil etdi. Xitoy bojxona malumotlariga köra, Özbekistondan import hajmi 143 mln dollar bölgan, bu ham ötgan yilga nisbatan ikki barobardan köp.
Aprelda içki gaz qazib oliş ham yaxşilandi: 3,69 mlrd metr kub gaz çiqarildi, bu ötgan yilga nisbatan 13,1 mln metr kubga köproq. GTL zavodi töliq işga tuşgani dizel işlab çiqariş hajmi 143,5 ming tonnaga yetdi. Elektr energiyasi işlab çiqariş 7,37 mlrd kWh gaça köpaydi.
Şu bilan birga, neft, gaz kondensati va benzin işlab çiqarişda pasayiş kuzatilmoqda. Sanoat işlab çiqariş surati sekinlaşdi. Sirdaryo esa salbiy ösiş qayd etilgan yagona hudud bölib qolmoqda.