USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şuhrat Abdurahmonovning axloqsiz şou orqali tanilgan rossiyalik bloger bilan surati tarqaldi

438 марта
Шуҳрат Абдураҳмоновнинг ахлоқсиз шоу орқали танилган россиялик блогер билан сурати тарқалди

Keça, 21 iyun kuni Andijon viloyatining Yangi Andijon şahrida "Yangi Özbekistonni yoşlar quradi" şiori ostidagi galakonsertda rossiyalik maşhur teleboşlovçi va blogger Viktoria Bonya hamda viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonov birgalikda suratga tuşdi. Suratni Viktoria Bonya özining Instagram ijtimoiy tarmoği orqali obunaçilarga ulaşdi.

Malum qilinişiça, 30 iyun, Yoşlar kuni munosabati bilan viloyat hokimligi yoşlar uçun kontsert tadbiri taşkil etgan. Kontsert dasturiga Jahongir Poziljonov, Şohrux REP, Şohruxxon va yana şu kabi turli maşxurlar hamda 100 minglab yoşlar taşrif buyurgan. Forumda viloyat hokimi Şuhrat Abdurrahmonov ham iştirok etgan va yoşlarga tabrik yöllagan.

Şu bilan birga, MDH mamlakatlari orasida “Dom-2” realitiy televizion şousi orqali tanilgan rossiyalik teleboşlovçi va bloger Viktoriya Bonya ham kontsertga taşrif buyurib, yoşlar oldida çiqiş qilgan. Tadbirdan söng viloyat hokimi Bonyaga gullar bergan va birgalikda suratga tuşgan. Teleboşlovçi suratni Instagram sahifasiga joylaştirgan hamda uning izoh qismida taşakkurnoma qoralagan.

“Özbekistonda bizni juda samimiy kutib olişmoqda! Taklif va gullar uçun Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonovga katta rahmat” degan Bonya post izohida.



Malumot uçun, "Dom-2" – Rossiyada 2004 yildan 2020 yilgaça efirga uzatilgan maşhur realiti-şou hisoblanadi. Loyihada yoş yigit-qizlar bir hududda birga yaşab, juftlik bölişga va munosabatlar örnatişga harakat qiladi. Şu bilan birga, iştirokçilar ramziy "uy quriş" loyihasida ham qatnaşadi. Tomoşabinlar iştirokçilarning kundalik hayoti, munosabatlari, janjallari va muhabbat hikoyalarini kuzatib boradi.

Şou Rossiya va boşqa MDH davlatlarida juda maşhur bölgan, biroq doimiy janjallar, şaxsiy hayotning haddan taşqari namoyiş etilişi va bahsli kontent sababli köp tanqidlarga ham uçragan. Şuningdek, oçiq oilaviy sahnalar va 18+ suhbatlarning köpligi bilan ham axloqiy tanqidlarga duç kelgan. Viktoria Bonya esa uşbu şouning 2006 yildagi sonida iştirok etib maşhurlikka erişgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: