DXX Şuhrat Abdurahmonovning örinbosari 50 ming dollar bilan uşlanganini tasdiqladi
7-04-2026, 16:14
751 марта

DXX Şuhrat Abdurahmonovning örinbosari 50 ming dollar bilan uşlanganini tasdiqladi
Andijon viloyati hokimining tört oy avval tayinlangan örinbosari Isomiddin Ismanov öz uyida 50 ming AQŞ dollari miqdorida pora olayotganda qölga olingani haqida xabar bergan edi. U quriliş işlari amalga oşirişi uçun ruxsatnoma olib berişni vada qilgan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, Andijon viloyati hokimi örinbosari öz xizmat mavqeidan foydalangan holda tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqaroning işonçiga kirgan. Xususan, u Bobur şahri hududidagi davlat zaxirasida bölgan 20 sotix yer maydonini vakolatli mansabdor tanişlari orqali auktsionga qöydirib, söngra yutib beriş hamda mazkur fuqaro nomiga rasmiylaştirib, kelgusida bu joyda quriliş işlari amalga oşirişi uçun ruxsatnoma olib beriş evaziga 50 ming AQŞ dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda viloyat hokimi örinbosari söralgan pul mablağini özining yaşaş xonadonida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.