USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qöşköpir tumani hokimining sobiq örinbosari 8 yilga qamaldi

1 415 марта
Qöşköpir tumani hokimining sobiq örinbosari 8 yilga qamaldi

Qöşköpir tumani hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlagan Bekzod Davlatov fuqaroga hokimlik zaxirasida bölgan jami 51 ga yer maydonni auktsion savdolari orqali uning nomiga rasmiylaştirib berişni vada qilgan. U buning evaziga 25 ming dollar hamda dastlabki hujjatlarni rasmiylaştiriş uçun 50 mln söm berişi kerakligini aytgan. “Zamhokim” fuqaroning pora beriş jinoyati sodir qilişiga dalolatçilik qilganlikda aybli deb topilgan.

Xorazm viloyati Qöşköpir tumani hokimining sobiq örinbosari ozodlikdan mahrum qilindi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
1991 yilda tuğilgan Bekzod Davlatov Qöşköpir tumani hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlab kelgan. Unga nisbatan 2024 yil 13 noyabr kuni qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Sud hukmiga köra, Bekzod Davlatov qişloq xöjaligida foydalaniladigan yer maydonlarini ajratiş vakolati bölmasa-da, 2024 yil 12 noyabr kuni fuqaro X.I.ga tuman hokimligi zaxirasida bölgan jami 51,1 ga yer maydonini auktsion savdolari orqali uning nomiga rasmiylaştirib berişni vada qilgan. Buning evaziga hokimlik tizimidagi yuqori lavozimlarda işlovçi mansabdor şaxslarga har bir gektar yer maydoni uçun 500 AQŞ dollaridan jami 25 ming AQŞ dollari va dastlabki hujjatlarni rasmiylaştiriş uçun yana 50 mln söm berişi kerakligini aytib, aldagan.

“Zamhokim” X.I.ni mansabdor şaxsga pora berişga qiziqtirgan. Bekzod Davlatov 2024 yil 12 noyabr kuni X.I.dan 25 ming dollar hamda 50 mln sömni firibgarlik yöli bilan qölga kiritişga suiqasd qilgan hamda X.I.ni pora beriş jinoyati sodir qilişiga dalolatçilik qilgan.
Jinoyat işlari böyiça Tuproqqala tuman sudining 2025 yil 11 apreldagi hukmi bilan Bekzod Davlatovga 2 yil davlat iştirokidagi korxona va taşkilotlarda moddiy javobgar hamda mansabdorlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 8 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyada ötaş belgilangan
Aa

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: