Hokim 60.000$ pora bilan uşlandi
2-09-2025, 12:19
3 099 марта
60 ming dollarlik pora: Namangan şahar hokimi qölga olindiDavlat xavfsizlik xizmati Namangan şahri hokimi Anvar Otaxöjayevni pora olayotganda qölga olgani haqida malum qildi.
Malumotlarga köra, şahar hokimi poyabzal işlab çiqaruvçi xususiy korxona rahbari bilan til biriktirib, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişni istagan fuqarodan 60 ming AQŞ dollari talab qilgan. Bu mablağ evaziga şahar hududidagi 35 sotix yer maydonida joylaşgan, manan eskirgan turarjoy binolari örnida köp qavatli uy quriş huquqini olib beriş va moliyalaştiriş vada qilingan.
Ötkazilgan tezkor tadbirda dastlab MÇJ rahbari söralgan pul mablağini olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan qölga olingan. Şundan söng hokim özining işonçli odamlaridan biri — şahar hokimligi devonxona mudiri orqali MÇJ rahbaridan 60 ming dollarni qabul qilayotganda uning noqonuniy harakatlariga çek qöyilgan.
Hozirda uşbu holat yuzasidan qonunçilikka muvofiq çoralar körilmoqda.