500 ga yaqin “zapravka”ning faoliyati töxtatib qöyildi
Özbekistonda tegişli nazorat xatlovi ötkazilişi ortidan faoliyat yuritayotgan 500 ga yaqin yoqilği quyiş şoxobçasi faoliyati töxtatildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining joriy yil 18 iyun kuni qabul qilgan “Yoqilği quyiş şoxobçalari va gaz töldiriş inşootlarida avariya va noxuş hodisalarning oldini oliş va inson hayotiga xavf soluvçi omillarni bartaraf etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 315-sonli qarorida söz boradi.
Xujjatda malum qilinişiça, Özbekistonda jami mavjud 6 196 ta suyultirilgan va siqilgan gaz, neft mahsulotlarini quyiş şoxobçalari hamda aholiga gaz ballonlariga suyultirilgan gazni töldiriş stantsiyalari va punktlari xatlovdan ötkazilgan.
Xatlov yonğinlarning oldini oliş hamda insonlar xavfsizligi va mehnat muhofazasini taminlaş hamda turli köngilsiz hodisalarni oldini oliş maqsadida taşkil etilgan. Xatlov yakunlariga köra, jami 46 737 ta, şu jumladan, quriliş sohasiga oid 2 218 ta, yonğin xavfsizligi sohasiga oid 7 949 ta, sanoat va texnika xavfsizligi sohasiga oid 25 341 ta, texnik jihatdan tartibga soliş sohasiga oid 3 354 ta va belgilangan texnologik jarayonlarni taminlaşga oid 7 875 ta qoidabuzarliklar va kamçiliklar aniqlangan.
Qayd etilişiça, ötkazilgan xatlov davomida jami 7 166 ta kamçiliklar joyida bartaraf etilgan va 464 ta yoqilği quyiş şoxobçasi faoliyati vaqtinça töxtatilgan.
Qarorga köra, Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz resurslaridan oqilona foydalaniş çora-tadbirlari töğrisida”gi tegişli qaroriga muvofiq 2026 yil 1 sentyabrdan boşlab barça turdagi yoqilği quyiş şoxobçalari va gaz töldiriş inşootlarida, şu jumladan, yoqilğidan öz ehtiyoji uçun foydalanadigan obektlarda belgilangan xizmat muddati tugagan yoki işlab çiqarilgan sanasi aniq bölmagan ortiqça bosim ostida işlaydigan uskunalardan foydalanişni 2030 yil 1 yanvarga qadar çeklaşlanişi belgilandi.
Şuningdek, joriy yilning 1 sentyabriga qadar insonlar hayoti va soğliğiga xavf tuğdiradigan, şaharsozlik, sanoat va yonğin xavfsizligi talablariga javob bermaydigan şoxobçalarning maxsus reyestri şakllantiriladigan böldi. Keyinçalik esa xafli deb topilgan obektlarni bosqiçma-bosqiç xavfsiz hududlarga köçiriş böyiça çora-tadbirlar işlab çiqilişi belgilandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryo viloyatining Qarşi tumanida suyultirilgan gaz quyiş şoxobçasida sodir bölgan portlaş oqibatida 6 kişi halok bölgandi. Nazorat xatlovi şu hodisa fonida amalga oşirilgan.