Şavkat Mirziyoyev Qatar Amiriga taziya yölladi
Bugun, 22 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qatar Amiri Şayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga Ras-Laffan sanoat zonasidagi gazni qayta işlaş majmuasida sodir bölgan kuçli portlaş va yonğin oqibatida köplab insonlar halok bölgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan taziya yölladi. Bu haqda Özbekiston Prezidentining matbuot kotibi malum qildi.
Qayd etilişiça, davlat rahbari qurbonlarning oila azolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildirgan, jarohatlanganlar tez orada şifo topişini tilagan.
Eslatib ötamiz, hodisa keça, 21 iyun kuni keçqurun Doxa şahri yaqinidagi QatarEnergy kompaniyasiga qaraşli korxonada sodir bölgan. Rasmiy malumotlarga köra, portlaşga texnik nosozlik sabab bölgan. Hodisadan keyin heç qanday sizib çiqiş holati qayd etilmagan.
Uşbu fojia oqibatida Özbekiston fuqarolari jabr körmagan.Özbekistonning Dohadagi elçixonasi Qatar Içki işlar vazirligi va boşqa vakolatli idoralar bilan doimiy aloqada bölib turibdi.