Qatardagi portlaş sabab jabrlanganlar orasida özbekistonliklar bormi?
Avvalroq, Qatarning Ras-Laffan sanoat hududidagi zavodda yuz bergan portlaş oqibatida 54 kişi jabrlangani va yana 18 kişi bedarak yöqolgani haqida xabar berilgan edi. Malum bölişiça, uşbu fojia oqibatida Özbekiston fuqarolari jabr körmagan. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Omonulla Fayziyev QALAMPIR.UZ’ga malum qildi.
Uning bildirişiça, gazni qayta işlaş zavodida sodir bölgan portlaş yuzasidan Özbekistonning Dohadagi elçixonasi Qatar Içki işlar vazirligi va boşqa vakolatli idoralar bilan doimiy aloqada bölib turibdi.
Hozirgi malumotlarga köra, hodisa oqibatida Özbekiston fuqarolari jabr körmagan. Vaziyat elçixona tomonidan nazoratga olingan bölib, Qatarning tegişli idoralari bilan yaqin hamkorlik davom ettirilmoqda.
Eslatib ötamiz, hodisa 21 iyun kuni keçqurun Doxa şahri yaqinidagi QatarEnergy kompaniyasiga qaraşli korxonada sodir bölgan. Rasmiy malumotlarga köra, portlaşga texnik nosozlik sabab bölgan.