Turkiyadagi neftni qayta işlaş zavodida portlaş sodir böldi
30-01-2026, 10:40
98 марта

Turkiyadagi neftni qayta işlaş zavodida portlaş sodir böldi
Turkiyaning şimoli-ğarbida joylaşgan Izmit şahridagi neftni qayta işlaş zavodida portlaş sodir böldi. Bu haqda CNN Turk xabar berdi.Portlaş Kojaeli viloyati markazida joylaşgan Tupraş kompaniyasiga qaraşli korxonada yuz bergan. T24 malumotiga köra, halok bölganlar yöq.
Telekanal xabarida aytilişiça, voqea joyida tergov işlari olib borilmoqda, hududga öt öçiruvçilar hamda favqulodda vaziyatlar xizmatlari jalb qilingan.
Qayd etilişiça, uşbu neftni qayta işlaş zavodida 2024 yilning noyabr oyida ham ikki marta portlaş sodir bölgan. Birinçi hodisa oqibatida 12 kişi yengil tan jarohati olgan edi.
Turkiya yirik neft zaxiralariga ega emas va importga katta darajada qaram. Mamlakatga neft asosan Rossiya, Iroq va Qozoğistondan yetkazib beriladi. 2023 yilda Turkiya Rossiya neftining eng yirik uçta xaridoridan biriga aylangan, bu asosan Yevropa davlatlarining Rossiyadan neft importini qisqartirgani bilan izohlanadi.