Roskosmos zavodida bir neçta portlaş yuz berdi. Qurbonlar bor
10-06-2026, 06:16
57 марта

Roskosmos zavodida bir neçta portlaş yuz berdi. Qurbonlar bor
Keça, 8 iyun kuni Sankt-Peterburgning Finlyandiya vokzali yaqinidagi sanoat hududida yonğin oqibatida portlaş sodir böldi. Hodisa Mineralnaya köçasi 32-uyda joylaşgan, Roskosmosga tegişli “Arsenal” zavodi hududida yuz bergan. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.Manbalarga köra, aynan şu korxona Rossiyaning mudofaa va kosmik sanoati uçun mahsulotlar işlab çiqaradi.
Malum qilinişiça, voqea oqibatida tört kişi halok bölgan, yana ikki kişi turli darajadagi jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizilgan. Halok bölganlarning ikki nafari yonib ketgan bino içidan, qolgan ikki nafari esa vayronalar ostidan topilgan. Favqulodda xizmatlar yonğin töliq öçirilganini va hududda qutqaruv işlari yakunlanganini malum qilgan.
Malumotlarga köra, portlaş sodir bölgan katta omborda kimyoviy moddalar saqlangan bölib, 400 kvadrat metr maydonni qamrab olgan yonğin töqqiz soat davomida öçirilgan. Hodisa oqibatida kuçli portlaş tölqini bino atrofidagi infratuzilmaga ham zarar yetkazgan, temiryöl yönalişlarida harakat vaqtinça töxtatilgan.
Tergov organlari uşbu holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining xavfsizlik qoidalarini buziş moddasi böyiça jinoyat işi qözğatgan. Dastlabki taxminlarga köra, portlaşga atseton buğlarining alangalanişi sabab bölgan.