Janubiy Koreyadagi mudofaa zavodida kuçli portlaş böldi. Qurbonlar bor
1-06-2026, 14:33
64 марта

Janubiy Koreyadagi mudofaa zavodida kuçli portlaş böldi. Qurbonlar bor
Bugun, 1 iyun kuni Janubiy Koreyaning Tejon şahridagi mudofaa sanoati korxonalaridan birida yuz bergan kuçli portlaş oqibatida kamida tört kişi halok böldi, yana ikki kişi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib, “Yonhap” agentligi xabar berdi.Malum qilinişiça, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 10:59 da sodir bölgan. Portlaşdan söng zavod hududida yonğin kelib çiqqan.
Mamlakat Prezidenti Li Çje Myon voqea yuzasidan barça mavjud resurslarni safarbar etib, qutqaruv işlarini tezlaştiriş böyiça topşiriq bergan.
Hozirda öt öçiruvçilar yonğinni bartaraf etiş işlarini olib bormoqda. Mutaxassislar yonğin töliq öçirilgaç, qurbonlar soniga aniqlik kiritişi va hodisa sabablarini örganişni boşlaşi kutilmoqda.
Dastlabki malumotlarga köra, portlaş zavodning birinçi qavatida raketa dvigatellari uçun işlatiladigan yoqilğining alangalanişi oqibatida yuz bergan.