USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Aripov Qirğizistonga borib Japarov bilan körişdi

64 марта
Арипов Қирғизистонга бориб Жапаров билан кўришди

Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov keça, 22 iyun kuni Qirğizistonga borib, Çölpon-Ota şahrida Prezident Sadir Japarov qabulida böldi. Bu haqda qirğiz matbuoti yozmoqda. 

Sadir Japarov mamlakatga amaliy taşrif bilan kelgan Özbekiston Boş vaziri bilan qirğiz-özbek hamkorligining dolzarb masalalarini muhokama qilib, siyosiy va iqtisodiy hamkorlikka alohida etibor qaratgan.

Davlat rahbari Qirğiziston va Özbekiston örtasidagi munosabatlar strategik şeriklik doirasida jadal rivojlanib borayotganini aytgan. Uning sözlariga köra, hukumatlararo komissiyaning bölajak yiğilişi qöşma loyiha va taşabbuslarni ilgari surişda muhim bosqiç böladi.

Öz navbatida, Abdulla Aripov Sadir Japarovga Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning salomini yetkazgan va ikki davlat rahbarlari darajasida erişilgan kelişuvlarni bundan keyin ham amalga oşirişga tayyorligini bildirgan.

Uçraşuv yakunida tomonlar yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik ruhidagi hamkorlikni mustahkamlaş, şuningdek, ikki mamlakat fuqarolari farovonligini oşiriş va Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanişiga qaratilgan qöşma loyihalarni rivojlantiriş niyatini tasdiqlagan.

Malumot uçun, bugun, 23 iyun kuni Çölpon-Ota şahrida Ikki tomonlama hamkorlik böyiça qirğiz-özbek Hukumatlararo komissiyasining 12-yiğilişi bölib ötadi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 21 iyun kuni Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozoğistonga taşrif buyurib, Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev qabulida bölgan edi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: