Özbekistonda korruptsionerlarning oçiq röyxati tuziladi
Endilikda Özbekistonda Korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan şaxslarning elektron reyestri yuritiladi. Bu keça, 22 iyun kuni tasdiqlangan yangi Qonun belgilanmoqda.
Qonunçilikka kiritilgan özgartiriş va qöşimçalarga köra, korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topilgan şaxslar Korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topilgan şaxslarning elektron reyestriga kiritiladi.
Içki işlar vazirligi korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topilgan şaxslarga nisbatan ayblov hukmi qonuniy kuçga kirgan paytdan etiboran 3 iş kuni içida reyestrga şaxs haqidagi malumotlarni kiritadi.
Elektron reyestrda korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topilgan şaxslar töğrisidagi malumotlar Jinoyat kodeksida belgilangan sudlanganlik muddati davomida saqlanadi.
Elektron reyestrga kiritilgan şaxslarga nisbatan quyidagi çeklovlar belgilanadi:
• davlat xizmatiga kiriş va davlat mukofotlari bilan taqdirlaniş;
• saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodining körsatilişi;
• davlat organlari huzuridagi jamoatçilik kengaşlari hamda idoralararo kollegial organlarning azosi böliş;
• özi tasis etgan va ustav fondidagi uluşining 50 foizidan köproq qismiga özi egalik qiladigan tadbirkorlarning davlat xaridlarida va davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi bitimda iştirokçi sifatida qatnaşiş;
• davlat uluşi 50 foizdan yuqori bölgan taşkilotlarda va davlat talim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritiş.
Elektron reyestr Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan Içki işlar vazirligi bilan hamkorlikda yuritiladi.