USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

End byudjet pulini ömargan mulozimlar 10 yilgaça qamaladi

139 марта
Энд бюджет пулини ўмарган мулозимлар 10 йилгача қамалади

Özbekistonda xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etilgan firibgarlik öta oğir jinoyatlar toifasiga ötkazilib, uşbu qilmiş uçun 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilmoqda. Bu haqda bugun, 13 iyun kuni Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida muhokama qilingan “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korruptsiyaga qarşi kuraşiş samaradorligini oşirişga, korruptsiyaga oid jinoyatlar uçun javobgarlik muqarrarligini taminlaşga qaratilgan qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonunda söz boradi.

Qayd etilişiça, qonunning asosiy maqsadi jinoyat qonunçiligida mavjud böşliqlarni töldiriş, korrupsiyaviy jinoyatlar uçun jazo çoralarining qatiyligini taminlaş hamda xalqaro standartlarni milliy qonunçilikka implementatsiya qilişdan iborat.

Uşbu qonun bilan Jinoyat kodeksiga kontseptual va printsipial özgartirişlar kiritilmoqda. Jumladan, kodeksning sakkizinçi bölimiga “korruptsiyaga oid jinoyatlar” degan yangi atama va ularning aniq röyxati kiritilib, terminologik çalkaşliklarga barham berilgan.  Bundan taşqari, pora oliş, pora beriş va bu jarayonda vositaçilik qilganlik uçun hukm qilingan şaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qiliş institutini qöllaş taqiqlanmoqda.

Şuningdek, sud amaliyotidagi ziddiyatlarni bartaraf etiş maqsadida xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etilgan firibgarlik belgisi Jinoyat kodeksining 168-moddasi törtinçi qismiga (öta oğir jinoyatlar toifasiga) ötkazilgan va uşbu qilmiş uçun 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilmoqda.

Şu bilan birga, xususiy va nodavlat sektorida korruptsiyaning oldini oliş maqsadida nodavlat taşkiloti xizmatçisini pora evaziga oğdirib oliş jinoyati uçun javobgarlik çoralari kuçaytirilmoqda. Jinoyat kodeksining bir qator moddalarida qilmişning “ğarazgöylik niyatlarida” sodir etilişi jazoni oğirlaştiruvçi yangi kvalifikatsiya belgisi sifatida belgilanmoqda.

Davlat boşqaruvi tizimida funktsiyalar takrorlanişining oldini oliş maqsadida “Özbekiston Respublikasining Hisob palatasi töğrisida”gi qonunga özgartiriş kiritilgan va korruptsiyaga qarşi içki nazorat (komplayens-nazorat) tizimi joriy qilinişi ustidan nazorat qiliş vazifasi bekor qilingan. Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda esa davlat xaridlari va byudjet tizimidagi qonunbuzilişlar uçun sanktsiyalar kuçaytirilgan.

Senatorlarning fikriça, mazkur qonunning hayotga tatbiq etilişi jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni mustahkamlaşga hamda jinoyatlar uçun jazoning muqarrarligini taminlaşga xizmat qiladi.

Senatorlar qonunni maqullagan.

Изоҳ қолдириш

    • Шержонов Алибек 13 Iyun 2026 16:52
      Шовот тумани Тез тиббий ёрдам булимида хам шундай холат бор 2023-2026 йилдан буён бу холат бор мен ёзмаган жойим мурожат килмаган ерим колмади кани асос кан конун буларга ким чора куради ва яна кимга мурожат килай.
    • Дилором 14 Iyun 2026 11:00
      Давлат бюджетидан угирлаганларни камаш амас мол мулки мусодара килинса булари булади узи.

Мавзуга алоқадор: