Endi narkolaboratoriya taşkilotçilari 10 yilgaça qamalişi mumkin
12-06-2026, 16:06
66 марта

Endi narkolaboratoriya taşkilotçilari 10 yilgaça qamalişi mumkin
Endi Özbekistonda narkolaboratoriya taşkil qilganlar 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin. Bu haqda keça, 11 iyun kuni qabul qilingan “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga giyoxvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarining va kuçli tasir qiluvçi moddalarning qonunga xilof muomalasi uçun javobgarlikni takomillaştirişga qaratilgan qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonunda söz boradi.Jinoyat kodeksiga kiritilgan qöşimçalarga köra, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini işlab çiqariş, tayyorlaş yoki qayta işlaş uçun ğayriqonuniy narkolaboratoriya taşkil etiş 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi belgilandi.
Şuningdek, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari yoki kuçli tasir qiluvçi moddalarni istemol qiliş yoxud tarqatiş uçun bangixona taşkil qiliş yoki saqlaş 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Şu bilan birga, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud kuçli tasir qiluvçi moddalarning qonunga xilof muomalasiga homiylik qiliş 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Kuçli tasir qiluvçi yoki zaxarli moddalarni öğrilik yoki firibgarlik yöli bilan qonunga xilof ravişda egallaş:
- 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari;
- 2 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş;
- 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi belgilandi.