USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda 6244 nafar kişi giyohvandlik vositalari sabab qölga olindi

162 марта

Özbekistonda 6244 nafar kişi giyohvandlik vositalari sabab qölga olindi

Özbekistonda 2025 yil davomida giyohvandlik vositalari sabab 6244 nafar kişi qölga olingan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.


Oliy Sud malumotlariga köra, 2025 yilda Jinoyat kodeksining 276-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni sotiş maqsadisiz tayyorlaş, egallaş, saqlaş va boşqa harakatlar) bilan 6244 nafar şaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Şuningdek, ötgan yilda huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirlar natijasida 3 tonna 413 kg narkotik, psixotrop va kuçli tasir qiluvçi moddalarning noqonuniy muomalasiga çek qöyilgan. Şundan 2 tonna narkotiklarning kontrabanda yöli bilan olib kelinişiga çek qöyilgan. Foş etilgan 15 ta yaşirin narkolalaboratoriyalardan jami 75 kg giyohvandlik vositalari va kuçli tasir qiluvçi moddalar, 84 litr prekursorlar aşyoviy dalil sifatida olingan.
95 ta dorixonalarda tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuçli tasir qiluvçi moddalar bölgan jami 18,4 ming dona, 166 million sömlik dori vositalari noqonuniy realizatsiya qilinganligi aniqlanib, ular böyiça 93 ta jinoiy va 2 ta mamuriy iş qözğatilgan.

Qayd etilişiça, Özbekistonda aniqlangan narkojinoyatlar soni boşqa mamlakatlarga nisbatan köp. Ammo qölga olingan narkotiklar miqdori miqdori kam. Buning asosiy sababi sifatida respublikada giyohvandlik vositalarining eng kam miqdori – 1 mg miqdori ham jinoiy javobgarlikka sabab bölişi aytilgan. Boşqa mamlakatlarda esa bu miqdor 1-2 grammni taşkil etadi. Ungaça bölgan miqdor esa mamuriy javobgarlik sifatida belgilangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: