Qoradori yetkazişda 13 yoşli jiyanidan foydalangan ayol uşlandi
9-12-2025, 09:51
776 марта

Toşkentda qoradori yetkazişda 13 yoşli jiyanidan foydalangan ayol uşlandi
Farğonadan Toşkentga katta miqdorda kuçli tasir qiluvçi dori vositalarini yetkazib, ularni sotiş bilan şuğullanib kelgan jinoiy guruh faoliyati foş etildi. Bu haqda Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.Bildirilişiça, Toşkent tumanida ötkazilgan tezkor tadbir davomida 1985 yilda tuğilgan ayol nazoratdagi xaridorga kelişilgan kuçli tasir qiluvçi dori vositasini 750 ming sömga 13 yoşli qiz jiyani orqali yetkazib bergan vaqtida qölga olingan. Tadbir davomida uning uyidan qiymati 20 million sömlik 162 dona kuçli tasir qiluvçi dorilar topilib, daliliy aşyo sifatida rasmiylaştirilgan.
Şundan söng, tezkor tadbir davom ettirilib, uşbu ayolni dorilar bilan taminlab kelgan Toşkent şahrida yaşovçi ikki şaxs ham 23 million söm evaziga 278 dona şu turdagi dorilarni sotgan vaqtida qölga olingan. Ular avtomaşinasi va yaşaş xonadonida 67 dona kuçli tasir qiluvçi dori vositasi saqlab kelayotgani aniqlanib, hujjatlaştirilgan.
Tezkor tadbir Farğona viloyatida ham ötkazilgan. Jarayon davomida danğaralik 39 yoşli ayol hamda qöqonlik 35-39 yoşli ikki erkak 738 dona kuçli tasir qiluvçi dorilarni 44 million söm evaziga şartli xaridorga sotgan vaqtida qölga olingan.
Toşkent viloyati huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan ötkazilgan mazkur tezkor-qidiruv tadbiri natijasida umumiy qiymati 150 million sömlik 1 343 dona kuçli tasir qiluvçi dori vositasi musodara qilingan.
Holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251 prim 1-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuçli tasir qiluvçi moddalarni tarğib qiluvçi mahsulotni tayyorlaş, tarqatiş, reklama qiliş, namoyiş etiş yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş) 4-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, 6 nafar gumonlanuvçiga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.